Tottenhem bosh murabbiylikka ikki nomzoddan birini tanlamoqda

Yozda “Tottenhem”da yana murabbiylar almashinuvi bo‘lishi kutilmoqda. Fevral oyida klub Tomas Frank bilan xayrlashgandi, mavsum oxirigacha jamoani vaqtincha boshqarish vazifasi esa Igor Tudor zimmasiga yuklatilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Nikolo Skira xabariga ko‘ra, “shporlar”ning doimiy bosh murabbiyi lavozimiga asosiy ikki nomzod — Maurisio Pochettino va Roberto de Dzerbi.
Argentinalik mutaxassis hozir AQSH terma jamoasini boshqarmoqda. U 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin “Tottenhem”ga qaytishga tayyor ekanini bildirgan, London klubi vakillari 53 yoshli murabbiy bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.
Roberto de Dzerbi esa shu oy “Marsel”dagi ishini yakunladi. Manbaga ko‘ra, italiyalik yana APLda o‘zini sinab ko‘rishni istamoqda, “Tottenhem” esa uning nomzodini bundan ikki yil avval ham ko‘rib chiqqan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!