date

Eddi Xau Livramento va Botman holati haqida ma'lumot berdi

Eddi Xau Livramento va Botman holati haqida ma'lumot berdi

"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau jamoa himoyachilari Tino Livramento va Sven Botmanning jarohatdan keyingi tiklanish jarayoni yuzasidan yangiliklarni aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Xau so'zlariga ko'ra, Livramento reja bo'yicha tiklanmoqda, biroq uning maydonga qaytish muddatini mart boshidan ancha oldinga surish qiyin. Botman borasida esa ijobiy xabar bor: u yaqinlashib kelayotgan uchrashuvga qadar safga qaytishi mumkin.

Joriy mavsumda Livramento barcha musobaqalarda 19 o'yinda maydonga tushib, bitta assist muallifi bo'lgan. Botman esa 25 uchrashuvda qatnashib, bitta gol va bitta golli uzatmani hisobiga yozdirgan.

21 fevral kuni "Nyukasl" safarda "Manchester Siti"ga qarshi bahs olib boradi. Angliya chempionatining 27-turi doirasidagi uchrashuv 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Eddi Xau Livramento va Botman holati haqida ma'lumot berdi