Eddi Xau Gordonning hujumchi sifatidagi o'yinini yuqori baholadi

«Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Xau Entoni Gordonning markaziy hujumchi pozitsiyasidagi harakatlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Xau Gordonning bu rolda kerakli fazilatlarga egaligini ta’kidladi: u doimiy bosim o‘tkazadi, qachon va qanday pressing qilishni yaxshi his qiladi. Murabbiyga ko‘ra, jamoaning ayrim gollari Gordonning to‘pni yutib olishi ortidan yuzaga kelgan va bu tasodif emas — futbolchining o‘yinni o‘qish qobiliyati bunga sabab. Xau Gordonning o‘yinidan juda mamnun bo‘lganini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi pley-offida «Qorabog‘»ga qarshi uchrashuvda (6:1) Gordon aynan hujumchi sifatida maydonga tushib, to‘rtta gol urdi.
Joriy mavsumda 24 yoshli Gordon barcha musobaqalarda 36 o‘yinda 14 ta gol muallifi bo‘ldi. Uning hisobida yana 5 ta golli uzatma ham bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!