Karrik Maunt va de Ligtning tiklanish jarayonini baholadi

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karrik yarim himoyachi Meyson Maunt va himoyachi Mattays de Ligtning jismoniy holati haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, yaqinlashib kelayotgan o‘yinda har ikkisi ham maydonga tushishga hali tayyor bo‘lmaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Karrik Mauntning safga qaytishi tobora yaqinlashayotganini ta’kidladi: klub shoshilmasdan, futbolchini to‘liq formaga kirgachgina jamoaga qaytarmoqchi. De Ligt ham tiklanish ustida ishlamoqda, biroq u Mauntga nisbatan biroz ortda qolayotgani aytildi.
«Manchester Yunayted» APL doirasidagi navbatdagi uchrashuvini 23-fevral, dushanba kuni safarda «Everton»ga qarshi o‘tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing