Bavariya Oliseni yozda hech qanday shartda sotmaydi

Myunxenning «Bavariya» klubida yaxshi mavsum o‘tkazayotgan Maykl Olise bo‘yicha Angliya Oliy ligasining ayrim gigantlari, jumladan «Liverpul» bilan bog‘liq gap-so‘zlar vaqti-vaqti bilan yangrayapti. Biroq The Touchline xabariga ko‘ra, nemis grand klubi yaqin yozda vinger bilan xayrlashishni mutlaqo ko‘zlamayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Olisenning o‘zi ham bu pozitsiyadan norozi emas: fransuz futbolchi «Bavariya»da o‘zini baxtli his qilmoqda va aynan Myunxenda eng yuqori cho‘qqisiga chiqayotganini sezmoqda.
Ma’lumot uchun, Maykl Olise 2024 yil iyulida «Kristal Pelas»dan «Bavariya»ga o‘tgandi. Shundan buyon u 89 o‘yinda maydonga tushib, 33 ta gol urdi va hamkorlariga 48 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing