date

Tottenxem bosh murabbiyi tarkib muammosini ochiq aytdi

Tottenxem bosh murabbiyi tarkib muammosini ochiq aytdi

Tottenxemga yaqinda bosh murabbiy etib tayinlangan Igor Tudor Arsenalga qarshi London derbisi oldidan jamoasidagi kadrlar bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, “shporlar” safida ushbu uchrashuv arafasida maydonga tushishi mumkin bo'lgan futbolchilar soni keskin kamayib ketgan.

“Mashg'ulotda atigi 13 nafar o'yinchimiz bor edi. Vaziyat qanday bo'lsa, shunday. Yakshanba kuni kerakli natijaga erishish uchun 13 futbolchi ham yetarli. Eng asosiy vazifa shu”, — deya Tudor so'zlarini keltiradi ESPN.

Tottenxem hozirda Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 29 ochko bilan 16-o'rinda bormoqda.

Tottenxem — Arsenal uchrashuvi yakshanba kuni bo'lib o'tadi va 21:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tottenxem bosh murabbiyi tarkib muammosini ochiq aytdi