date

Maynts va Gamburg o'yinda ochko bo'lishib oldi

Maynts va Gamburg o'yinda ochko bo'lishib oldi

Yevropa futbol haftaligi Maynts – Gamburg uchrashuvi bilan start oldi. Tomonlar 1:1 hisobida durang o'ynab, bir ochkodan qo'lga kiritdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv boshida Gamburg xavfli vaziyat yaratdi: Varmed Omari uzoqdan zarba yo'llab darvozabonning hushyorligini sinadi, qaytgan to'pga birinchi bo'lib yetib borgan Ransford Kenigsdirffer esa yakunda darvoza sohasiga aniq ura olmadi. 42-daqiqada mezbonlar oldinga chiqdi — Denni da Kosta Nadim Amiriga golli pas uzatdi va hisob ochildi.

Ikkinchi bo'limda Nikolас Kapaldo uzoq masofadan zarba berdi, biroq to'p ustun yonidan o'tib ketdi. 62-daqiqada aynan Kapaldo raqib jarima maydoni yaqinida xavfli jarima zarbasini ishlab berdi va Fabiu Viyeyra to'g'ridan-to'g'ri zarba bilan to'pni to'rga mixladi — 1:1.

Durangdan keyin Maynts turnir jadvalida 13-o'ringa ko'tarildi, Gamburg esa 9-pog'onada qoldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Maynts va Gamburg o'yinda ochko bo'lishib oldi