date

Flik mag‘lubiyatlardan keyin futbolchilar bilan jiddiy suhbat qildi

Flik mag‘lubiyatlardan keyin futbolchilar bilan jiddiy suhbat qildi

«Barselona»da oxirgi ikki mag‘lubiyatdan so‘ng muhokama kuchaydi. Jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik natijalardan keyin futbolchilar bilan uzoq va mazmunli suhbat o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi. Sport.es nashri xabariga ko‘ra, bu muloqot oddiy “tanbeh” emas, balki jamoaning ichida nima ishlamayapti, nima yetishmayapti degan savollarga ochiq javob qidirilgan tahlilga aylangan.

Manba ta’kidlashicha, futbolchilar tomonidan o‘tkazilgan jamoaviy tahlil ko‘p jihatdan nemis mutaxassisining qarashlari bilan mos kelgan. Suhbat davomida o‘tgan mavsumda yaxshi samara bergan ayrim o‘yin g‘oyalari va konsepsiyalari bu mavsumda amalga oshirish uchun qiyinlashib qolayotgani tan olingan. Ya’ni, qag‘ozda chiroyli ko‘ringan rejalar maydonda hozircha to‘liq “ishlamay” qolayotgani haqida gap ketgan.

Flik va murabbiylar shtabi esa futbolchilarning munosabati va ochiq muloqotidan qoniqqan. Chunki jamoa a’zolari muammoni yashirib o‘tirmasdan, ayrim jihatlarda ortga chekinganlarini ham tan olgan. Xususan, so‘nggi o‘yinlarda jamoa yuqori tezlik, faol pressing va jadal bosimni avvalgidek uzluksiz ushlab tura olmayotganini e’tirof etgan.

Eng qizig‘i, futbolchilar o‘zlari ham o‘tgan mavsumdagi o‘yin tamoyillari va ishlagan usullarga qaytish tarafdori ekanini bildirgan. Demak, «Barselona»da “qaytadan o‘z uslubiga qaytish” degan fikr jamoa ichidan ham chiqyapti. Bu esa bir narsani anglatadi: muammoni yechish uchun hozir kerak bo‘lgani — aybdor qidirish emas, bir xil temp va ruhni tiklash.

Qisqasi, Flik “hammasi joyida” deb o‘tirgani yo‘q. Mag‘lubiyatlardan keyin jamoa bilan ochiq gaplashdi, futbolchilar ham holatni to‘g‘ri qabul qildi. Endi eng asosiy savol bitta: bu suhbat maydonda qay darajada natijaga aylanadi?

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Flik mag‘lubiyatlardan keyin futbolchilar bilan jiddiy suhbat qildi