date

Luis Enrike Dembele jarohati haqida fikr bildirdi

Luis Enrike Dembele jarohati haqida fikr bildirdi

«Pari Sen-Jermen» bosh murabbiyi Luis Enrike hujumchi Usmon Dembelening jarohati yuzasidan izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

28 yoshli futbolchi Chempionlar ligasida «Monako»ga qarshi o'yinda shikastlanib qoldi va 27-daqiqdayoq almashtirilishga majbur bo'ldi. Kutilishicha, u shanba kuni Liga 1 doirasida «Mets»ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi.

«Dembele jarohat oldi. Biz futbolchilarimizni juda yaxshi bilamiz. Yondashuvimiz oddiy: biz hech qachon hech kimning sog'lig'ini xavf ostiga qo'ymaymiz, imkon qadar har bir o'yinchining salomatligini asrashga harakat qilamiz. Ammo bunday yuqori darajadagi futbolda jarohatlar — o'yinning bir qismi», — dedi Enrike matbuot anjumanida.

«PSJ» — «Mets» uchrashuvi 01:05 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Luis Enrike Dembele jarohati haqida fikr bildirdi