date

Tapsoba uchun Liverpul Manchester Yunayted va PSJ kurashmoqda

Tapsoba uchun Liverpul Manchester Yunayted va PSJ kurashmoqda

Leverkuzenning "Bayer" klubida to'p surayotgan himoyachi Edmond Tapsoba Yevropaning bir nechta grand jamoalari diqqat markaziga tushdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Insayder Ekrem Konur xabariga ko'ra, 27 yoshli futbolchini "Liverpul", "Manchester Yunayted" va PSJ o'z safiga qo'shib olish variantini ko'rib chiqmoqda. "Bayer" esa hozircha himoyachi bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda, biroq manfaatli taklif tushsa, muzokaralarni boshlashi mumkin. Leverkuzen klubi Tapsobani 50–60 million yevroga baholagan.

Joriy mavsumda Tapsoba "Bayer" safida 28 uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 2 ta assist qayd etdi. Himoyachining amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tapsoba uchun Liverpul Manchester Yunayted va PSJ kurashmoqda