Bavariya Nant himoyachisi Tatile Tatini ko'z ostiga oldi

Fransiyaning «Nant» klubida to'p surayotgan 18 yoshli markaziy himoyachi Tatile Tati Bundesliga tomon yo'l olishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, futbolchini o'z safiga qo'shib olish niyatida bo'lgan jamoa — Myunxenning «Bavariya»si. «Nant» iqtidorli himoyachini 40–50 million yevro atrofidagi mablag' evaziga qo'yib yuborishga tayyor.
Avvalroq Londondagi «Chelsi» ham futbolchiga qiziqish bildirgan, biroq «ko'klar» taklif qilgan 30 million yevro «Nant»ni qoniqtirmagan va kelishuv amalga oshmagan.
Joriy mavsumda Tati 19 ta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo gol yoki assist qayd etmadi. Uning «Nant» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing