Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasiga qaytishga yaqin

Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasida Dide Deshamning o‘rnini egallashi kutilmoqda. Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, 53 yoshli mutaxassis Fransiya futbol federatsiyasi bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Madridning “Real” klubini boshqargan sobiq murabbiy Jahon chempionatidan so‘ng “uch ranglilar”ni qabul qilib oladi. Shu tariqa, Zidan besh yillik tanaffusdan keyin murabbiylik faoliyatiga yana qaytadi.
Dide Desham Fransiya terma jamoasini 2012 yil yozidan buyon boshqarib kelmoqda. 2026 yilgi mundial guruh bosqichida fransuzlarning raqiblari Senegal va Norvegiya bo‘ladi, uchinchi jamoa esa pley-off o‘yinlari yakuniga ko‘ra aniqlanadi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha o‘tkaziladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing