Chelsi hujumchi Delapni sotishga tayyor va narx belgiladi

Londonning «Chelsi» klubi mavsum yakunida markaziy hujumchi Liam Delap bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqda Football Insider nashri jurnalistlari xabar bermoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, 23 yoshli futbolchini APLdagi yana bir jamoa — «Everton» o'z safiga qo'shib olishga qiziqmoqda. «Chelsi» esa Delapni 34 million yevro evaziga qo'yib yuborishga tayyor, «Everton» uni transfer bozoridagi ustuvor nomzodlardan biri sifatida ko'rmoqda.
Joriy mavsumda hujumchi 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo'ldi. Delapning amaldagi shartnomasi 2031 yil yozigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing