date

Mamadu Sarr Chelsiga qaytganidan xursandligini aytdi

Mamadu Sarr Chelsiga qaytganidan xursandligini aytdi

Londonning «Chelsi» klubi himoyachisi Mamadu Sarr jamoaga qaytgani borasida fikr bildirdi. 20 yoshli senegallik futbolchi mavsumning birinchi qismini fransuzning «Strasburg» klubida ijara asosida o‘tkazgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Bu yerda bo‘lishdan juda xursandman. Qaytishim oson kechdi, chunki yigitlarni ham, bu yerdagi hammani ham bilaman — hech qanday muammo bo‘lmadi. Bu yerda a’lo darajadagi futbolchilar bor. Jamoada bo‘lish men uchun yoqimli va hayajonli», — deya Sarrning so‘zlarini «Chelsi» matbuot xizmati keltirdi.

Qaytganidan so‘ng Sarr Angliya kubogida bitta uchrashuvda maydonga tushdi, biroq gol yoki assist bilan ajralib chiqmadi.

Shanba, 21-fevral kuni «Chelsi» APLning 27-turi doirasida o‘z maydonida «Byornli»ni qabul qiladi. Uchrashuv 20:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mamadu Sarr Chelsiga qaytganidan xursandligini aytdi