Figu Realga o‘tmayman degan gapim xato bo‘lgan

Bir paytlar Luis Figu “Barselona”dan “Real”ga o‘tishga jur’at qilgan va bu qaror ortidan “Kamp Nou”da uni xoin sifatida keskin qarshi olishgan. Portugaliyalik sobiq yulduz o‘sha voqealar haqida yana bir bor fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Figu The Obi One podkastida o‘sha uchrashuvda o‘yin hatto to‘xtatilganini, maydonga turli buyumlar uloqtirilganini esladi. Uning aytishicha, vaziyatni “Barselona” atrofidagi matbuot yanada keskinlashtirib yuborgan, shov-shuv esa tobora kattalashib borgan va ortga yo‘l qolmagan.
“Intervyuda hech qachon ‘Real’ga o‘tmayman deganim xato bo‘lgan”, — deya tan oldi Figu.
Hozir La Ligada “Real” peshqadam, “Barselona” esa ikki ochko ortda qolib ikkinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing