Golovinsiz Monaco Liga 1 peshqadami Lensga qarshi o'ynaydi

Monaco shanba kuni Liga 1 doirasida safarda chempionat yetakchisi Lens bilan bahs olib boradi. Jamoa bosh murabbiyi Sebastyen Pokonoli uchrashuvni quyidagi tarkibda boshlashga qaror qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Koen, Dyatta, Teze, Kerer, Fas, Enrike, Zakariya, Kamara, Kulibali, Balogun, Adingra.
Monaco qaydnomasida Aleksandr Golovin yo'q: rossiyalik yarim himoyachi o'tgan turda qizil kartochka olgani sababli diskvalifikatsiya jazosini o'tamoqda.
Lens — Monaco uchrashuvini LiveResult portali matnli translyatsiya orqali yoritib boradi.
Hozirda Monaco Liga 1 jadvalida sakkizinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing