Rosenyor Chelsi g'alabani qo'ldan chiqargan sababni aytdi

Chelsi bosh murabbiyi Liam Rosenyor APLning 27-turida Bernliga qarshi o'yinda durang qayd etilganidan so'ng (1:1) natija yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, londonliklar uchrashuv taqdirini ancha erta hal qilishi kerak edi: jamoa o'yinni yaxshi boshlagan, gol urilgach esa to'pni nazorat qilish bilan cheklanib, raqib darvozasi oldida yetarlicha keskinlik ko'rsata olmagan.
Rosenyor APLda imkoniyatlardan sovuqqon foydalanish muhimligini qayd etdi va standart vaziyatlarda himoyadagi mayda xatolar ham darhol jazolanishini qo'shimcha qildi.
Hozirda Chelsi APL turnir jadvalida vaqtincha 4-o'rinda bormoqda. London klubi 27 turdan keyin 45 ochko jamg'argan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing