date

Osasuna Realni oxirgi daqiqada yiqitdi va sensatsiya yaratdi

Osasuna Realni oxirgi daqiqada yiqitdi va sensatsiya yaratdi

Ketma-ket sakkiz g'alaba bilan Pamplonaga borgan “Real” kutilmaganda “Osasuna”dan 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Uchrashuv taqdirini 90-daqiqada urilgan gol hal qildi — to'p Tibo Kurtua darvozasidan joy oldi va madridliklar ertaga turnir jadvalidagi peshqadamlikni katta ehtimol bilan boy berishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Eng achinarlisi, “qirollik klubi” o'yin jihatidan ham ishontira olmadi. “Osasuna” bu g'alabani shunchaki omad bilan emas, faol va tartibli o'yini evaziga qo'lga kiritdi.

O'yindan keyingi baholashlarda “Real” tarkibida ayniqsa to'rt futbolchining harakati keskin tanqid qilindi. Ularning xatolari va sust o'yini raqibning muvaffaqiyatiga bevosita ta'sir qilgani qayd etildi.

Kilian Mbappe eng past baholardan birini oldi: hujumchi o'yinda deyarli hech narsa yarata olmadi, sheriklarining sa'y-harakatlarini yakunlashda esa bir necha bor omadsizlikka uchradi. Uning ikkita yaxshi imkoniyatdan foydalana olmagani va ofsayddan kiritilgan gol epizodi “Real” hujumidagi muammolarni yanada ko'rsatib berdi.

Dani Sebalyos maydonga kech — 82-daqiqada tushgan bo'lsa-da, o'yin taqdirini o'zgartirgan xatoga yo'l qo'ydi. 89-daqiqadagi xavfli ko'ndalang pas raqib tomonidan ilib ketildi va aynan shu epizod “Osasuna”ning hal qiluvchi hujumini boshlab berdi, Sebalyosning ortga qaytishi esa juda sust bo'ldi.

Tibo Kurtua ham omadsiz kun o'tkazdi: ikki gol o'tkazib, atigi bitta jiddiy seyv bilan cheklangani aytildi. Eng muhim epizodda belgiyalik darvozabon Budimirning oyog'iga bosib yubordi va bu penalti belgilanishiga olib keldi, shundan keyin u asabiyroq harakat qilgani ham ta'kidlandi.

Eng keskin tanqid esa Raul Asensioga qaratildi: markaziy himoyadagi pozitsion xatolari ikki gol epizodida ham ko'zga tashlandi. Avvaliga Budimirni ortidan o'tkazib yuborib, penalti bilan yakunlangan vaziyatga sabab bo'ldi, yakunda esa Raul Garsiyaning fintidan keyin pozitsiyani yo'qotib, hujumchiga yaqin masofadan zarba berish imkonini taqdim etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Osasuna Realni oxirgi daqiqada yiqitdi va sensatsiya yaratdi