Arbeloa Mbappening sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ymaymiz dedi

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa hujumchi Kilian Mbappening jismoniy holati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Fransuz futbolchi La Ligadagi «Osasuna»ga qarshi uchrashuvda boshidan oxirigacha maydonda harakat qildi, biroq «qaymoqranglilar»ni mag‘lubiyatdan qutqara olmadi — 1:2.
«Kilian o‘tgan hafta «Real Sosyedad»ga qarshi o‘yinda dam oldi. Biz u tayyor emas, deb hisoblagan paytimizda uning sog‘lig‘ini tavakkalga qo‘ymaymiz. Bunday qarorlar barcha tomonlar ishtirokida qabul qilinadi», — Arbeloa so‘zlarini Madrid Xtra keltirdi.
Chorshanba kuni «Real» Chempionlar ligasi pley-off bosqichi javob o‘yinida o‘z maydonida «Benfika»ni qabul qiladi. Birinchi uchrashuvda madridliklar minimal hisobda g‘alaba qozongan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!