date

Milner rekordiga ortiqcha e'tibor bermaslikka chaqirdi

Milner rekordiga ortiqcha e'tibor bermaslikka chaqirdi

"Brayton" yarim himoyachisi Jeyms Milner APL tarixida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchiga aylandi — uning hisobida 654 ta uchrashuv bor. Biroq tajribali futbolchi bu raqamni alohida voqea sifatida ko'rmayotganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Milnerning ta'kidlashicha, rekord atrofida haddan tashqari ko'p gap-so'z bo'layapti. Uning fikricha, doim eng muhim narsa jamoa bo'lgan, ushbu ko'rsatkich esa faqatgina faoliyati davomida ko'mak berganlarning barchasiga — oila a'zolari, do'stlar va jamoadoshlariga minnatdorchilik bildirish uchun sabab, xolos. U, shuningdek, qurbonlikni faqat o'zi emas, atrofidagilar ham qilganini qo'shimcha qildi. BBC Sport veteran futbolchining so'zlarini keltirdi.

Eslatib o'tamiz, hozirda "Brayton" APL turnir jadvalida 12-o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Milner rekordiga ortiqcha e'tibor bermaslikka chaqirdi