date

Gvardiola APL rekordini yangilagan Milnerni tabrikladi

Gvardiola APL rekordini yangilagan Milnerni tabrikladi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premyer-ligasida o‘yinlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatgan Jeyms Milner haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shanba kuni «Brayton» yarim himoyachisi APLdagi 654-uchrashuvini o‘tkazib, liga tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi. 40 yoshli futbolchi shu tariqa bu borada avval yetakchi bo‘lib turgan Garet Berrini ortda qoldirdi.

«Matbuot anjumanini boshlashdan avval, butun “Manchester Siti” nomidan Jeyms Milnerni tabriklamoqchiman. Bugun u aqlbovar qilmas marraga yetib, liga tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchiga aylandi. Bu — fantastik natija, qalpoq yechaman!

Uning barqarorligi, futbolga bo‘lgan muhabbati tahsinga loyiq. Bilaman, u keyinchalik zo‘r golfchi ham bo‘ladi, ammo futboldagi yutuqlari haqiqatan ham hayratlanarli. Shuning uchun klubimiz nomidan uni qutlayman, axir u bir paytlar bu yerda to‘p surgan», — deya Gvardiolaning so‘zlarini City Xtra keltirdi.

Milner «shaharliklar» safida Gvardiola kelishidan oldin — 2010 yildan 2015 yilgacha to‘p tepgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola APL rekordini yangilagan Milnerni tabrikladi