Aston Villa Duglas Luisni yozda butunlay sotib olmoqchi

Yarim himoyachi Duglas Luis faoliyatini yana to'liq ravishda "Aston Villa"da davom ettirishi mumkin. Birmingem klubi yanvar oxirida braziliyalik futbolchini "Yuventus"dan ijaraga olgan va kelishuvga ko'ra uni 25 mln yevro (yana 3,5 mln yevro bonuslar bilan) evaziga sotib olish huquqiga ega. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Nikolo Skira xabariga ko'ra, "villanlar" Luisning o'yinidan mamnun va yozda ushbu opsiyadan foydalanishni rejalashtirmoqda. "Yuventus" rahbariyati esa Italiyada o'zini ko'rsata olmagan futbolchini sotib yuborishdan umidvor.
Eslatib o'tamiz, 2024 yil yozida "Yuventus" Duglas Luisni aynan "Aston Villa"dan 51 mln yevroga xarid qilgandi. 27 yoshli futbolchi joriy mavsumning birinchi yarmini "Nottingem Forest"da o'tkazib, u yerda ham kutilgan darajada porlay olmadi, biroq Birmingemga qaytgach yana o'z o'yinini topdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!