Darvin Nunes Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin

“Al-Hilol” hujumchisi Darvin Nunes yana Angliya Premer-ligasida paydo bo‘lishi mumkin. TEAMtalk xabariga ko‘ra, urugvaylik futbolchining kelajagi borasida variantlar ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eslatib o‘tamiz, klub Karim Benzema bilan shartnoma imzolaganidan so‘ng Nunes Saudiya Arabistoni chempionati uchun qaydnomadan chiqarib yuborilgandi. Bunga sabab — legionerlar bo‘yicha limit masalasi.
Manbaga ko‘ra, Nunes vakillari allaqachon bir nechta ingliz klublari bilan dastlabki muloqotlarni o‘tkazgan. Ular orasida “Tottenhem” va “Nyukasl” ham bor.
Nunes 2022–2025 yillarda “Liverpul” safida to‘p surgan, o‘tgan yozda esa 53 million yevro evaziga Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tgandi. Joriy mavsumda 26 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!