Luis Enrike Zair-Emeri o‘sishini yuqori baholadi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa yarim himoyachisi Uorren Zair-Emeri haqida fikr bildirib, uning so‘nggi paytdagi o‘sishiga alohida to‘xtaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning aytishicha, 19 yoshli futbolchi sezilarli darajada kuchaydi va bu, avvalo, uning o‘z mehnati samarasidir. Enrike Zair-Emerini deyarli har qanday pozitsiyada o‘ynay oladigan, juda universal va yuqori darajadagi ijrochi sifatida ta’rifladi.
Joriy mavsumda PSJ tarbiyalanuvchisi barcha musobaqalarni hisobga olganda 36 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning hisobida 1 ta gol va 4 ta golli uzatma bor.
25 fevral, chorshanba kuni PSJ Chempionlar ligasi pley-off saralash bosqichi javob uchrashuvida o‘z maydonida “Monako”ni qabul qiladi. O‘yin 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanishi rejalashtirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!