date

“Real” Arbeloani ham haydaydimi? Arbeloa uchun hal qiluvchi kecha...

“Real” Arbeloani ham haydaydimi? Arbeloa uchun hal qiluvchi kecha...

Madridning “Real” klubida yana murabbiylar mavzusi qizib ketdi. Bu gap-so‘zlar “Osasuna” maydonidagi 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin yanada kuchaygani aytilmoqda. Ya’ni, natija yomon — sabr tarozi esa yana bir bor qimirlab qo‘ydi.

Endi e’tiborning barchasi Yevropa Chempionlar ligasi pley-offidagi javob uchrashuviga qaratildi. 25 fevral kuni “Benfika”ga qarshi bahs Alvaro Arbeloa uchun oddiy o‘yin emas, balki lavozimdagi kelajakni ham belgilab berishi mumkin bo‘lgan to‘qnashuv sifatida qaralmoqda.

Ispaniya matbuoti, xususan, Sport.es manbasiga ko‘ra, klub ichidagi kayfiyat ham o‘ngayib ketmagan. Go‘yoki, futbolchilar jamoa va uning atrofida kechayotgan jarayonlarga ishonchni yo‘qota boshlagan. Rahbariyat esa Arbeloa tanlayotgan taktik yo‘lni tushunish qiyinlashayotganini yashirmayapti.

Manba ta’kidlashicha, “qirollik klubi” rahbarlariga murabbiyning ayrim qarorlari “futbolchilarga yoqish” uchun qilinayotgandek tuyulayapti. O‘yin davomidagi almashtirishlar ham ko‘p savol tug‘dirmoqda: kim chiqdi, kim kirdi — lekin mantiq hamma vaqt ham ushlanmay qolyapti.

“Real” esa odatdagidek natija talab qiladi: bu yerda “maqsad — ishtirok” degan gap umuman ishlamaydi. Shuning uchun “Benfika”ga qarshi o‘yin omadsiz tugasa, 43 yoshli mutaxassis bilan shartnomani bekor qilish ehtimoli ham istisno qilinmayapti.

Biroq klub rahbariyati bunday ssenariydan qochishni xohlashi ham aytilmoqda. Sababi oddiy: hozircha bosh murabbiylikka “tayyor va munosib” aniq nomzod ko‘rinmayapti. Qolaversa, fevral oyining o‘zi — mavsum o‘rtasida uchinchi murabbiyni tayinlash uchun juda erta muddat, bu esa klubni yanada katta beqarorlikka olib kirishi mumkin.

Xulosa shu: 25 fevral — Arbeloa uchun “kalendardagi sana” emas. Bu kecha "Real"da ishonchni tiklash kechasimi yoki yangi bosh og‘rig‘i boshlanish nuqtasimi — maydon ko‘rsatadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » “Real” Arbeloani ham haydaydimi? Arbeloa uchun hal qiluvchi kecha...