Sobiq CSKA himoyachisi Biol Liverpoolga yo‘l olishi mumkin

CSKA sobiq himoyachisi Yaka Biol ma’lum shartlar yuzaga kelsa, «Liverpool» futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Football Insider xabariga ko‘ra, «Lids» jamoaning yetakchilaridan birini sotishga hozirlik ko‘rmoqda, mersisaydliklar esa ehtimoliy xaridorlar qatorida tilga olinmoqda.
2025/2026 yilgi mavsumda 27 yoshli futbolchi 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta assist qayd etdi. Biolning «Lids» bilan shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha amal qiladi, futbolchining bozor bahosi 18 million yevroga teng.
Qayd etilishicha, bu transfer «Liverpool» markaziy himoyachisi Ibraima Konate jamoani tark etsa, amalga oshishi mumkin.
Biol 2021–2022 yillarda CSKA safida o‘ynagan, keyin esa u Italiyadagi «Udineze» klubiga sotib yuborilgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!