Mario Gyo'tse Ronaldu o'ynaydigan klubga o'tishi mumkin

“Ayntraxt”ning hujumkor yarim himoyachisi Mario Gyo'tse Germaniya chempionatini tark etib, Saudiya Arabistoniga yo'l olishi mumkinligini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Futbolchining aytishicha, agar “Al-Nasr”dan taklif tushsa, u bu variantni jiddiy ko'rib chiqadi. Gyo'tse Saudiya ligasining rivojlanish jarayoni uni qiziqtirayotganini, buning ustiga jamoada Krishtianu Ronaldu ham to'p surishini ta'kidladi. Uning fikrlarini Tribal Football keltirdi.
Mario Gyo'tsening Frankfurt klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.
Joriy mavsumda yarim himoyachi “Ayntraxt” safida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikki bor golli uzatma muallifi bo'ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing