date

Aleksey Berezutskiy 30 yoshdan oshsa terma jamoaga bormasdi

Aleksey Berezutskiy 30 yoshdan oshsa terma jamoaga bormasdi

CSKA sobiq futbolchisi Aleksey Berezutskiy Rossiya terma jamoasining Gvatemala va Mali bilan o‘rtoqlik uchrashuvlariga chaqiruv olsa, faol futbolchi sifatida borarmidi, degan savolga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uning aytishicha, barchasi yoshga bog‘liq: agar 30 yoshdan oshgan o‘yinchi bo‘lganida, bunday o‘yinlar uchun terma jamoaga bormas edi. Berezutskiy bu fikrini “RB Sport”ga bergan intervyusida ta’kidladi.

Aleksey Berezutskiy 2018 yilda professional faoliyatini yakunlagan. U Rossiya terma jamoasi safida 58 ta uchrashuv o‘tkazib, 2 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Mart oyida Valeriy Karpin shogirdlari ikki nazorat bahsini o‘tkazishi kutilmoqda. Raqiblardan biri sifatida Mali terma jamoasi ko‘rsatilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Aleksey Berezutskiy 30 yoshdan oshsa terma jamoaga bormasdi