Bundesliga gigantlari APLdagi yosh iqtidorga ko'z tikdi

Bundesliga gigantlari APLdagi yosh iqtidorga ko'z tikdi

Vulverhempton”ning 18 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Mateus Mane Germaniyaning yetakchi klublari diqqat markaziga tushdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Insayder jurnalist Ekrem Konur xabariga ko'ra, “Bavariya”, “RB Leyptsig” va Dortmundning “Borussiya”si yosh ingliz futbolchisining o'yinlaridan katta taassurot olgan. Manega, shuningdek, “PSJ” hamda Angliya Premyer-ligasining top jamoalari — “Manchester Yunayted”, “Liverpul”, “Arsenal” va “Manchester Siti” ham qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsum Mane barcha musobaqalarda 33 uchrashuvda maydonga tushib, 7 gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Avvalroq “Vulverhempton” futbolchisi uchun transfer narxini belgilab qo'ygani haqida ham xabarlar tarqalgan edi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar