date

MakTominay Manchester Yunaytedga qaytishni orzu qilmoqda

MakTominay Manchester Yunaytedga qaytishni orzu qilmoqda

Yarim himoyachi Skott MakTominay 2024 yil yozining oxirida "Napoli"ga ko‘chib o‘tgach, Italiyada o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatmoqda. Shunga qaramay, shotlandiyalik futbolchining asosiy istagi — yana bolalikdagi jamoasi safiga qaytish. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline xabariga ko‘ra, MakTominay "Manchester Yunayted"ga qaytib, tarkibda muhim figura bo‘lishni xohlaydi. U klub va muxlislarni hanuz juda yaxshi ko‘radi hamda avvalgi davri qanday yakunlangani uchun hech kimdan ranjimagan.

MakTominay "Napoli" safida barcha musobaqalarda 70 ta rasmiy uchrashuv o‘tkazib, 23 ta gol va 10 ta golli pas muallifi bo‘ldi.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » MakTominay Manchester Yunaytedga qaytishni orzu qilmoqda