date

APLning uch klubi Atalantadagi 17 yoshli himoyachini kuzatmoqda

APLning uch klubi Atalantadagi 17 yoshli himoyachini kuzatmoqda

"Atalanta"ning markaziy himoyachisi Onest Ahanor Angliya Premyer-ligasining bir nechta klublari e’tiborini tortdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, 17 yoshli futbolchini "Nyukasl", "Nottingem Forest" va "Tottenhem" transfer ro‘yxatiga kiritgan.

Bundan tashqari, "Napoli" skautlari ham vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Ahanor 2024 yil yozida "Jenoa"dan "Atalanta"ga o‘tgandi. Bergamo jamoasi safida nigeriyalik himoyachi 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

Futbolchining "Atalanta" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » APLning uch klubi Atalantadagi 17 yoshli himoyachini kuzatmoqda