Bavariya Bruno Fernandesh transferidan voz kechdi

“Manchester Yunayted” yozgi transfer oynasida yarimhimoyachi Bruno Fernandeshni sotib yuborishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar yana kuchaydi. Matbuotda bu mavzu anchadan beri muhokama qilinadi: 31 yoshli portugaliyalik futbolchini nafaqat Saudiya klublari, balki Yevropaning ayrim jamoalari, jumladan “Bavariya” ham kuzatgani aytilgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Kristian Falk o‘z saytida bergan xabarga ko‘ra, Myunxen klubi Fernandeshni tarkibiga qo‘shishni rejalashtirmaydi. “Bavariya” Leon Goretskaning yozda ketishi ehtimolini inobatga olib, yarimhimoyachilar bozorini o‘rganmoqda, biroq Bruno nemis grandi talablariga mos kelmaydi — asosiy sabablardan biri uning narxi yuqoriligi ekani ta’kidlangan.
Transfermarkt portali Bruno Fernandeshning bozor qiymatini 40 million yevroga baholaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!