date

Arteta «Tottenhem» ustidan yirik g‘alabadan so‘ng hislarini aytdi

Arteta «Tottenhem» ustidan yirik g‘alabadan so‘ng hislarini aytdi

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta «Tottenhem»ga qarshi derbida 4:1 hisobidagi g‘alabadan keyin jurnalistlar bilan fikr almashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Kanonirlar»ning yirik hisobdagi zafari Viktor Dyo'keresh va Eberechi Eze qayd etgan dublar evaziga ta’minlandi. «Shporlar» safida esa yagona gol muallifi Randal Kolo-Muani bo‘ldi.

Artetaning aytishicha, jamoa o‘yinidan to‘liq mamnun: «Biz juda xursandmiz va ko‘rsatgan o‘yinimizdan faxrlanamiz. Tashabbus bizda bo‘ldi, sifatli harakat qildik va natijaga erishdik. Futbolning go‘zalligi ham shunda. «Vulverhempton»ga qarshi bahsda nimalar bo‘lganini eslang. Men futbolchilarni har kuni ko‘raman va ular qanchalik g‘alabani istashini bilaman», — dedi u BBC Sportga.

Ayni paytda «Arsenal» APL turnir jadvalida 61 ochko bilan peshqadam. Ikkinchi o‘rindagi «Manchester Siti» bir o‘yin kam o‘tkazgan bo‘lsa-da, londonliklardan 5 ochko ortda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arteta «Tottenhem» ustidan yirik g‘alabadan so‘ng hislarini aytdi