«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «Monako»dan uchralgan mag‘lubiyat haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Qarama-qarshilikning umumiy natijasi – 6:6, hamda monegaskilar safarda ko‘proq to‘p kiritib, keyingi bosqichga chiqishdi.
«Biz ikkinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik, zo‘r futbol ko‘rsatdik, biroq buni birinchi bo‘limda amalga oshirishimiz kerak edi. Tajovuzkor himoyalanishni istadik. „Siti“ ikkinchi bo‘limda „Monako“ni tor-mor keltirdi, ammo bu etarli bo‘lmadi. Biz odatda sifatli futbol namoyish etamiz, biroq bugun bunday bo‘lmadi. Xulosa chiqaramiz. Bizning jamoada tajriba u qadar katta emas. Ikkinchi bo‘limda vaziyatlarni yuzaga keltirdik, ammo ulardan foydalana olmadik, shuning uchun ham musobaqani tark etmoqdamiz. Bu darajada „standartlar“ o‘ta muhim. „Barselona“ va „Real“ o‘tgan hafta ulardan unumli foydalandi. „Siti“ – yo‘q. Buning ustiga jamoamiz birinchi 45 daqiqalikda kuchsiz bo‘lib ko‘rindi. Biz yanada ko‘proq ishlaymiz, ammo Chempionlar ligasi – juda talabchan turnir. Ba’zida kutilmagan narsalarni ko‘rsatish va omadli bo‘lish kerak. Afsuski, bugun bunday bo‘lmadi», - deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi Kun nashri. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi