date

Strandja-2026. Bugun 7 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga chiqadi

Strandja-2026. Bugun 7 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga chiqadi

Bugun Sofiya shahrida an’anaviy 77-bor o‘tkazilayotgan Strandja xalqaro turniriga rasman start beriladi. Ilk kun dasturining o‘zidayoq muxlislar uchun qiziq janglar bisyor: ringga 7 nafar hamyurtimiz chiqadi.

Bahslar Toshkent vaqti bilan belgilangan. Birinchi dastur 17:00 da, ikkinchi dastur esa 21:00 da boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi ma’lum qildi.

Quyida ilk kungi janglar jadvali:

-50 kg (17:00): Asilbek Jalilov — Bekzat Aldamjarov (Qozog‘iston)

-70 kg (19:15): Abdulaziz Jo‘raqulov — Muhammadsabir Bazarbay Uulu (Qozog‘iston)

-55 kg (19:30): Samandar Olimov — Yelmir Nabiyev (Ukraina)

-90 kg (20:00): Samir Sobirov — Emre Taskin (Turkiya)

-75 kg (21:45): Fazliddin Erkinboyev — Dalai Ganzorig (Mo‘g‘uliston)

-60 kg (22:15): Abdurahmon Mahmudjonov — Selahattin Chinibulak (Turkiya)

-80 kg (00:30): Javohir Ummataliyev — Nikolay Dishkov (Bolgariya)

Qisqasi, bugungi kun “uyquni kechiktiradigan” sport kechasiga o‘xshayapti: 17:00 dan boshlab temp chiqadi, tungi 00:30 gacha intriga tushmaydi. Endi gap bitta — yigitlarimizga omad, ringda qattiqqo‘llik va xato qilmaydigan aql tilaymiz.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Strandja-2026. Bugun 7 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga chiqadi