PSJ Senni Meyulu bilan 2030 yilgacha shartnoma uzaytirmoqchi

Parijning PSJ klubi yarim himoyachi Senni Meyulu bilan hamkorlikni uzoq muddatga mustahkamlash niyatida. Insayder Fabris Xokins hisobotiga tayangan holda tarqalgan xabarlarga ko'ra, klub rahbariyati 19 yoshli futbolchiga 2030 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Iqtidorli fransuz futbolchisiga Yevropaning bir qator klublari qiziqish bildirayotganiga qaramay, u hozircha PSJni tark etish haqida o'ylamayapti.
Avvalroq PSJ yarim himoyachi Joau Nevesh, hujumchi Usmon Dembele va vinger Bredli Barkola bilan ham shartnomalarni uzaytirish ustida ishlayotgani haqida xabarlar chiqqandi.
Joriy mavsumda Luis Enrike qo'l ostidagi jamoada Meyulu 28 uchrashuvda 4 ta gol urdi va 5 ta golli pas muallifi bo'ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!