date

Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini uchun Kyurasao tayyor

Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini uchun Kyurasao tayyor

Rossiya terma jamoasi sanksiyalar sabab rasmiy turnirlarda qatnasha olmayapti va hozircha faqat o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazmoqda. Iyun oyida rossiyaliklarga qarshi maydonga tushishga Kyurasao milliy jamoasi tayyor ekanini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bu haqda Kyurasao futbol federatsiyasi ijroiya kengashi a’zosi Devid Heykup ma’lum qildi. Uning aytishicha, mart oyidagi taqvim band, ammo 6-iyun kuni Kyurasao hududida uy uchrashuvi uchun raqib izlanmoqda va Rossiyani mezbon sifatida qabul qilish imkoniyati bor.

FIFA reytingida Kyurasao 81-o‘rinda bormoqda.

Kyurasao 2026 yilgi Jahon chempionatida ilk bor ishtirok etadi. Guruh bosqichida jamoa Germaniya, Ekvador hamda Kot-d’Ivuarga qarshi o‘ynaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini uchun Kyurasao tayyor