date

Flik Reshforddan voz kechib, APLdan boshqa variantni tanlashi mumkin

Flik Reshforddan voz kechib, APLdan boshqa variantni tanlashi mumkin

Markus Reshford hozircha "Barselona" safida ijara asosida to'p surmoqda. Mavsum yakunida kataloniyaliklar ingliz futbolchisini "Manchester Yunayted"dan to'liq sotib ola oladimi-yo'qmi, masala hanuz ochiq qolmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

El Nacional xabariga ko'ra, "Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik klub APLdan boshqa futbolchini olib kelsa, Reshford transferidan voz kechishga tayyor. Gap "Manchester Siti" vingeri Savio haqida ketmoqda. Manbaga ko'ra, Flik taktik nuqtayi nazardan braziliyalik futbolchi uning o'yin tizimiga yaxshiroq mos tushadi, deb hisoblaydi.

21 yoshli Savioning transfer qiymati 45 million yevroga baholanmoqda.

"Barselona" ayni paytda Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Flik Reshforddan voz kechib, APLdan boshqa variantni tanlashi mumkin