date

Vinisius atrofidagilar Osasuna muxlislari qichqiriqlaridan ranjidi

Vinisius atrofidagilar Osasuna muxlislari qichqiriqlaridan ranjidi

Ispaniya La Ligasining dam olish kunlaridagi bahsida «Osasuna» o‘z maydonida «Real»ni qabul qildi. Pamplona klubi kutilmagan natija qayd etib, uchrashuvda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O‘yin davomida stadionda «Real» hujumchisi Vinisiusga qaratilgan haqoratli qichqiriqlar eshitildi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan birida «Osasuna» muxlislari braziliyalik futbolchiga o‘lim tilab hayqirayotgani ham anglashiladi. La Liga ushbu holat bo‘yicha tekshiruv boshladi.

The Athletic xabariga ko‘ra, Vinisiusga yaqin manbalar sodir bo‘lgan voqeadan «xafa, ammo hayron emas».

«Real» Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. «Barselona» madridliklardan bir ochko ko‘proq jamg‘argan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Vinisius atrofidagilar Osasuna muxlislari qichqiriqlaridan ranjidi