Yelagin Arsenal fonida Tottenhemni kichik toshga qiyosladi

Sharhlovchi Aleksandr Yelagin APLning 27-turida “Arsenal”ga yirik hisobda yutqazgan “Tottenhem” o‘yiniga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Shporlar”ning o‘z maydonidagi bahsda “kanonirlar” 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Yelagin Jeymi Karagerning avvalroq aytgan fikrini ham eslatdi: uningcha, “Tottenhem” quyi ligaga tushib ketish xavfi ostida va bu holat so‘nggi yarim asrdagi ingliz futboli uchun eng katta fojealardan biri bo‘lishi mumkin.
“Bu o‘yinda ‘Arsenal’ qoyadek edi, ‘Tottenhem’ esa etik ichidagi mayda toshday. Afsus. Siz esa asosan hakam haqida gapiryapsiz”, — dedi Yelagin o‘zining telegram-kanalida muxlislarga murojaat qilib.
Uning ta’kidlashicha, “Tottenhem” himoyasi juda sodda o‘ynayapti va jamoa mudofaasi og‘ir ahvolda. 27 turdan keyin londonliklar 29 ochko bilan jadvalda 16-o‘rinni egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!