Strasburg ultrasi bannerlar mojarosi sabab mushtlashib ketdi

«Stad de la Meno» stadionida «Strasburg»ning «Lion» ustidan 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan Fransiya chempionati 23-tur uchrashuvi paytida tartibsizliklar yuzaga keldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
L’Equipe xabariga ko‘ra, mojaro ultrаo‘ng shiorlar yozilgan bannerlarni mustaqil shaxslar guruhi, jumladan sentabrda fransuz hukumati tomonidan tarqatib yuborilgan Offenders xuliganlar to‘dasining sobiq a’zolari ham ishtirok etgan holda, tribunaga yoygani ortidan boshlangan.
Bannerlar styuardlar tomonidan tezda olib tashlanganiga qaramay, vaziyat tinchimadi: tribunalarda bunday mazmundagi plakatlar paydo bo‘lishiga qarshi bo‘lgan UB90 vakillari tartibni buzganlar bilan to‘qnashib ketdi.
Kuzatuv kameralaridagi yozuvlar allaqachon tegishli idoralarga topshirilgan, hozirda holat bo‘yicha tekshiruv olib borilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!