date

Koke Bryuggega qarshi o'yinda muxlislar 200 foiz bo'lishini istadi

Koke Bryuggega qarshi o'yinda muxlislar 200 foiz bo'lishini istadi

Madridning «Atletiko» klubi yarim himoyachisi Koke Yevropa Chempionlar ligasida Belgiyaning «Bryugge» jamoasiga qarshi bahs oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Pley-off bosqichidagi javob uchrashuvi 24-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin fransuz hakami Kleman Tyurpen boshqaruvida 22:45 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, jamoalarning ilk uchrashuvi 3:3 hisobida yakunlangan.

Koke jamoa oldida vazifa aniq ekanini ta’kidladi: har bir to‘p uchun oxirigacha kurashish, zarbalar sonini ko‘paytirish va albatta gol urish. Uning aytishicha, «Atletiko»ga muxlislar 200 foiz ishtiyoq bilan qo‘llab-quvvatlaydigan kechalar kerak va futbolchilar ham shunga mos javob qaytarishi lozim.

Avvalroq ushbu to‘qnashuv haqida «Atletiko» bosh murabbiyi Diego Simeone hamda «Bryugge» ustozi Ivan Leko ham fikr bildirgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Koke Bryuggega qarshi o'yinda muxlislar 200 foiz bo'lishini istadi