FIFA Meksikadagi vaziyat tufayli mundialni ko‘chirishni ko‘rib chiqmoqda

Meksikadagi tartibsizliklar FIFAni jiddiy tashvishga solmoqda. Mamlakat 2026 yilgi jahon chempionatini AQSh va Kanada bilan birga qabul qilishi kerak, ammo yaqin orada, mart oyining oxirida Meksika hududida qit'alararo pley-off uchrashuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda — unda mundialga ikki yo‘llanma hal bo‘ladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Athletic xabariga ko‘ra, FIFA Meksikadagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda va mahalliy rasmiylar bilan doimiy aloqada turibdi. Zarurat tug‘ilsa, tashkilot martdagi pley-off o‘yinlarini boshqa joyga ko‘chirish yoki hatto jahon chempionati final bosqichining ayrim uchrashuvlarini qayta taqsimlash ehtimolini ham istisno qilmayapti. Qaror vaziyat qanday rivojlanishiga bog‘liq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi jahon chempionatida amaldagi chempion — Argentina terma jamoasi — o‘z unvonini himoya qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!