date

Manchester Yunayted Dorguning maydonga qaytish muddatini uzaytirdi

Manchester Yunayted Dorguning maydonga qaytish muddatini uzaytirdi

«Manchester Yunayted» himoyachisi Patrik Dorgu jarohat olgan futbolchilar ro‘yxatida qolmoqda. Indykaila News xabariga ko‘ra, klub 21 yoshli futbolchiga tiklanish jarayonida shoshilmaslik bo‘yicha tavsiya bergan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Qizil iblislar» shtabi Dorguning erta qaytishi keyinchalik yanada jiddiy va uzoq muddatli muammolarga olib kelishini istamayapti.

Manbaga ko‘ra, endi «Manchester Yunayted» Dorguning maydonga qaytishini aprel oyining boshiga rejalashtirmoqda.

2025/2026 yilgi mavsumda Patrik Dorgu 24 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Hozirda «Manchester Yunayted» Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Manchester Yunayted Dorguning maydonga qaytish muddatini uzaytirdi