Garri Keyn Gerd Myuller rekordini takrorladi va tarixga kirdi

Germaniya chempionatining so‘nggi turida «Bavariya» Frankfurtning «Ayntraxt» jamoasini 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvda ingliz hujumchisi Garri Keyn ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Keyn bundan avvalgi ikki o‘yinda ham dubl qayd etgandi: u «Hoffenhaym»ga qarshi bahsda ham, «Verder» bilan uchrashuvda ham ikkitadan gol urgan.
2023 yildan buyon Bundesligada to‘p surayotgan Keyn faoliyatida ketma-ket uch o‘yinda dubl qilgan shunday seriyani uchinchi bor takrorladi. Bu natija bilan u «Bavariya»ning 60–70-yillardagi afsonaviy to‘purari Gerd Myuller ko‘rsatkichiga tenglashdi.
«Bavariya» tarixida bunday seriyani faoliyati davomida to‘rt marta qayd etgan yagona futbolchi esa Robert Levandovski bo‘lib qolmoqda. Hozir u Kataloniyaning «Barselona» klubida o‘ynaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!