Peichinovich Rossiya raqib topolmasa Serbiyaga murojaat qilsin dedi

“Lokomotiv”ning sobiq himoyachisi Nemenya Peichinovich Rossiya terma jamoasi xalqaro cheklovlar sharoitida ham doim o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkin bo‘lgan jamoa nomini tilga oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Peichinovichning fikricha, agar Rossiya terma jamoasiga o‘ynash uchun raqib topilmasa, RFU doim Serbiyaga murojaat qilishi mumkin. U Moskva yoki Belgradda bo‘ladigan o‘yinlarda tribunalar to‘lib ketishiga ishonch bildirdi. Bu haqda Metaratings xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil mart oyida Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan bahsda rossiyaliklar serblarni 4:0 hisobida yirik mag‘lub etgandi. O‘sha uchrashuv serbiyaliklar himoyachisi Milan Gayich bahs boshida bahsli tarzda maydondan chetlatilgani sababli ko‘pchilik e’tirozlariga ham sabab bo‘lgan.
Serbiya terma jamoasi odatda yirik turnirlarda muntazam qatnashadi, biroq 2026 yil Shimoliy Amerikada o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha jahon chempionati ularsiz o‘tishi allaqachon aniq bo‘lib qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!