Manchester Yunayted Gibbs-Uayt uchun kurashga qo'shildi

«Manchester Yunayted» «Nottingem Forest» yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uaytni o'z safiga qo'shib olish uchun kurashga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalistlar Kris Uiler va Neytan Soltning xabar berishicha, 26 yoshli futbolchi atrofidagi vaziyatni kuzatayotgan klublar qatoriga «qizil iblislar» ham qo'shildi. «MYU» skautlari «o'rmonchilar»ning yana bir хавбеки — Elliot Andersonni ham nazardan qochirmayapti. APLdagi bir qator jamoalar mavsum yakunida «Nottingem Forest» yuqori divizionni tark etsa, klub yetakchilarini olib ketishga umid qilmoqda.
Transfermarkt portali Morgan Gibbs-Uaytning bozor narxini 65 mln yevroga baholamoqda. O'tgan yozda angliyalik futbolchi klub bilan shartnomasini 2028 yilgacha uzaytirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing