Radimov Arshavin bilan nega futbolchilarni adashtirganini aytdi

"Zenit"ning sobiq futbolchisi Vladislav Radimov "Liverpul" uchrashuvlaridan birida ikki futbolchini adashtirib yuborgani haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Radimov avvalroq Andrey Arshavin bilan birga "Liverpul"ning Angliya Premyer-ligasidagi uy o'yinlaridan birini stadionda tomosha qilgan. Ular uchrashuvning qariyb 70 daqiqasi davomida Virtsning o'yinidan norozilik bildirgan, biroq keyinroq germaniyalik futbolchi umuman maydonda bo'lmagani ma'lum bo'lgan.
Radimovning so'zlariga ko'ra, buning sababi oddiy: Arshavinning ko'rishi ancha oldin yomonlashgan, Radimovda esa 50 yoshga kelib ko'z nuri pasaygan. Virts va Mak Allister gavdasi hamda bo'yi jihatidan o'xshash bo'lgani, ustiga-ustak ular tarkibni tekshirmagani sababli futbolchilar adashib ketgan.
Radimov Rossiya Premyer-ligasi o'yinlarida bunday holat u bilan hech qachon yuz bermaganini ham qo'shimcha qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!