Tottenhemda eng ko'p maosh oladigan futbolchi ma'lum bo'ldi

Londonning «Tottenhem» klubida ayni paytda eng katta maosh oladigan futbolchi kim ekani oshkor bo'ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda insayder Mett Hyuz bergan ma'lumotga ko'ra, jamoada eng yuqori maosh yarim himoyachi Konor Gallaherga tegishli. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
26 yoshli angliyalik futbolchi qishki transfer oynasida Madridning «Atletiko» klubidan «shporlar» safiga ko'chib o'tgan. Bitim qiymati 40 million yevroni tashkil etgani aytilmoqda. Gallaher «Tottenhem»da haftasiga taxminan 200 ming funt sterling maosh oladi, uning shartnomasi esa 2031 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.
Joriy mavsum Angliya Premyer-ligasida Gallaher olti uchrashuvda maydonga tushdi va bir bor golli uzatma bilan ajralib turdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing