
Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum «C» guruhi 4-turi doirasida O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi Toshkentdagi «O‘zbekiston» sport majmuasida Xitoyning China Dragons bokschilariga qarshi bahs olib bordi.
Boks oqshomining so‘nggi jangida +91 kilogramm vazndagi bokschilar kuch sinashdi. O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Bahodir Jalolov xitoylik Xaypeng Muga qarshi bellashdi va 3-raundda raqibini texnik nokautga uchratdi
Avvalroq Uzbek Tigers vakillari Abrorjon Qodirov (-52 kg), Murodjon Ahmadaliev (-60 kg), Shahram G‘iyosov (-69 kg) va Bektemir Meliqo‘ziev (-81 kg)o‘z raqiblarini mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘lgandi. Mazkur bellashuvdan keyin Uzbek Tigers hisobni 5:0 ko‘rinishini oldi va Uzbek Tiger mavsumdagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar